Investing in the future, in one app

Jett gives you access to Uzbekistan's stock market opportunities and helps you grow your capital by investing in securities

800K+

Users trust our service, and we have a significant impact on Uzbekistan's securities market.

Jett app on a phone screen

Invest in Uzbek companies

Investment portfolio inside the app

Build your portfolio and analyze its performance with convenient tools, earn income from selling shares or from dividends

Portfolio: balance, chart and overall return

Analysis and top charts from TradingView

In Jett you can perform deeper analysis of Uzbek stock market securities using professional charts and indicators in full-screen mode

Professional TradingView chart

Manage and remotely open brokerage accounts

You can open a brokerage account remotely in 15 minutes, connect existing accounts, switch between them and see the overall picture across all your brokerage accounts

Brokerage account and connected exchanges map

Open a brokerage account online

Install the app

On the home screen you can add or open a brokerage account

Complete identification

Enter your passport series and date of birth, then complete remote identification

Start investing

Your account will be opened within 15 minutes during exchange trading hours (9:30 AM to 4:00 PM on weekdays)

Start

Download the Jett app

Everything you need to work with securities — in a convenient mobile app. Download Jett and start exploring the opportunities of the stock market.

Jett app on a phone screen

Frequently asked questions

01 Stock market +
Is there a stock exchange in Uzbekistan?
Yes, the Republican Stock Exchange “Toshkent” (RFB “Toshkent”) was founded in 1994 and is the only stock exchange in the country. RSE "Toshkent" provides the participant with the opportunity to trade shares and bonds remotely online. Exchange website: uzse.uz
Why is the stock exchange needed and how does it work?
The stock exchange is essentially a trading platform where the issue and further purchase and sale of securities takes place. Exchanges enable fair pricing of securities, and bidders can trade quickly and securely. Today, the work of all modern stock exchanges is organized electronically and trading takes place online through trading programs and applications.


Who are the participants in the stock market?

There are three types of participants in the stock market:

  • Issuers - companies that issue and sell their securities;

  • Investors are individuals or companies that buy securities;

  • Professional participants are organizations that service the process of issuing, buying and selling and storing securities. These are the exchange, brokers, banks, depository and regulators.

How is the securities market regulated in Uzbekistan?
In Uzbekistan, the securities market is regulated by the Ministry of Finance, a specially created Capital Market Development Department (DRRK). Ministry website: mf.uz
Why is the stock market necessary?
The stock market or securities market is an integral part of the financial market, which plays an important role in the economy, providing opportunities for business development, infrastructure and the well-being of the population. In the stock market, companies and the state can attract investments for their activities, & nbsp; and investors get the opportunity to invest their funds in order to generate income.
02 Qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi savollarga javoblar +
Birja tikeri nima degani?

Tiker – bu birjadagi aksiya, obligatsiya yoki boshqa qimmatli qog’ozning qisqa nomi. Masalan: "O'zmetkombinat" AJ- [UZMK], "Quvaysoysement" AJ - [QSSM], "Kvarts" AJ- [KVTS]

Cheklangan ariza nima?

Cheklangan ariza bo'yicha aksiya narxi investor tomonidan belgilanadi. Buning uchun u aksiyalarni sotib olish yoki sotishni istagan narxini ko'rsatadi.

Cheklangan ariza joylashtirilgandan so'ng, birja uni navbatga qo'yadi. Va xuddi shunday yoki undan pastroq narxdagi sotuvchi chiqishi bilanoq, shu zahoti bitim amalga oshiriladi. Agar aksiya sotuvga qo'yilib bo’lgan bo'lsa, ko'rsatilgan qiymatdna yuqori narx taklif qiluvchi xaridor chiqishi bilanoq bitim amalga oshiriladi. Agar sotuvchi yoki xaridor topilmasa, savdo kunining oxirida cheklangan ariza birja tomonidan olib tashlanadi.

Bozor taklifi nima?

Agar investor bozor taklifini tanlasa, bitim xaridor uchun eng yaxshi sotish narxida yoki sotuvchi uchun eng yaxshi sotib olish narxida amalga oshiriladi. So’ngra bitim yopiladi.

Aksiyalarni sotib olish va sotish uchun qanday turdagi takliflar mavjud?

Ikki turdagi so’rovnomalar mavjud: bozor va cheklangan. 

Birja stakani nima degani?

Stakanning chap ustuniga sotuvchilarning, o'ng ustuniga esa xaridorlarning so’rovnomalari tushadi. Raqamlar sotish va sotib olishga mo’ljallangan aksiyalar soni — taklif va talabni ko'rsatadi. Qimmatli qog’oz qanchalik likvid bo'lsa, stakandagi ko’rsatkichlar shunchalik tezroq o'zgaradi.

Qimmatli qog'ozlar narxi qanday shakllanadi?

Qimmatli qog'ozlarning narxi talab va taklifga bog'liq. Birja barcha qimmatli qog'ozlar sotuvchilari va xaridorlarining so’rovnomalarini "birja stakani"ga to'playdi. U har bir qimmatli qog’oz uchun alohida shakllanadi. Birja real vaqt rejimida sotuvchilar va xaridorlarning barcha so’rovnomalarini ro'yxatdan o'tkazadi va ular aktivning bozor narxini belgilaydi.

Kuponni qanday qo’lga kiritish mumkin?

Qimmatli qog'ozlar egalari dividend olish uchun so’rovnom yuborishlari kerak. Dividendlarni bank kartasi yoki brokerlik hisobi orqali olish mumkin.

Kupon nima degani?

Kupon yoki kupon daromadi – bu obligatsiyalar egalari uchun emitentdan, ya'ni ushbu obligatsiyalarni chiqargan kompaniya yoki davlat organidan beriladigan naqd to'lovlar sanaladi. Obligatsiyalar bo'yicha to'lovlarning sanalari va miqdori oldindan ma'lum bo’ladi. Kupon o’lchami nominalning foizi – ya'ni obligatsiya chiqarilganda uning narxi sifatida belgilanadi.

Obligatsiya nima?

Obligatsiyalar – bu qarz asosidagi qimmatli qog’oz bo’lib, emitent (obligatsiyalar chiqaruvchi: kompaniya yoki davlat) investorlardan pul qarz oladi hamda investorga qachon va qancha pul qaytarib berishini batafsil bayon etadi. Shuni bilish kerakki, aksiyadan farqli o'laroq, obligatsiya – kompaniyaning ulushi emas, balki shunchaki kompaniyaning ushbu obligatsiyalar egasi bo'lmish kreditor oldidagi qarzi sanaladi.

Kompaniya bozor kapitallashuvi nima degani?

Bozor kapitallashuvi kompaniyaning barcha aksiyalarining umumiy qiymatini anglatadi. U muomaladagi aksiyalar sonini bitta aksiya narxiga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanadi.

IPO jarayoni qanday amalga oshiriladi?

IPO amalga oshirish kompaniya uchun murakkab jarayondir. Birjaga kirish uchun kompaniya yaxshi biznes tarixiga ega bo'lishi va bir necha yillar uchun shaffof hisobotlar tayyorlashi kerak. Ommaviy kompaniyaga aylanish uchun anderrayterlar, brokerlar, maslahatchilar, advokatlar, sotuvchilar va boshqa mutaxassislar ishtirok etadigan bir necha bosqichlardan o'tish kerak.

Asosiy bosqichlar:

  • Kompaniya hisobotlarni tayyorlaydi, biznesning moliyaviy holati va samaradorligini baholaydi.

  • Kompaniya joylashtirish uchun birjani, kimoshdi savdosi turini va anderrayterlarni tanlaydi, bu esa xatarlarni baholashga va keyingi strategiyani ishlab chiqishga yordam beradi.

  • Birjada savdolar boshlanishidan oldin aksiyalarni sotib olishni istaganlar tomonidan so’rovlar kitobi tuziladi. So’rovlar kitobi tuzilgandan so'ng, kompaniya va anderrayter har bir aksiya narxi va joylashtirilgan aksiyalar sonini taklif etadi.

  • Qimmatli qog'ozlar investorlar o'rtasida so’rovlar kitobidan taqsimlanadi, shundan so'ng birjada savdolar ochiladi.

IPO nima?

IPO (initial public offering) yoki birlamchi ommaviy taklif — bu kompaniyaning aksiyalarini cheksiz doiradagi shaxslarga birinchi ommaviy sotish. IPO paytida kompaniya aksiyalarni chiqaradi va ularni fond birjasiga joylashtiradi va har qanday investor yoki investitsiya fondi qog'ozlarni sotib olishi hamda shu bilan kompaniya biznesining sherigiga aylanishi mumkin.

Qimmatli qog'ozlarning nominal qiymati investor uchun qanday foyda beradi?

Ko'pgina hollarda, oddiy aksiyalarni sotishda investor aksiyalarning nominal narxini bilishi muhim emas, chunki savdo bozor narxlarida amalga oshiriladi. Aksiyalar nominal narxda faqat birinchi investorlar o'rtasida taqsimlanadi. Nominal narx imtiyozli aksiyalar va obligatsiyalar bo'yicha to'lovlar (kupon) bo'yicha olinadigan dividendlarni hisoblashda ishlatiladi.

Bozor narxi va aksiyalarning nominal narxi nima degani?

Aksiyaning nominal narxi va uning birja bozoridagi qiymati (bozor narxi) – bir-biridan mustaqil bo'lmish ikki xil kattalik sanaladi. Aksiyaning nominal qiymati atamasi odatda ushbu qimmatli qog'ozni chiqargan tashkilot nizom kapitalining ushbu aksiyaga tegishli ulushini aks ettiruvchi pul miqdoriga nisbatan qo’llaniladi. 

Nominal narxda qimmatli qog'ozlar savdosi faqat qimmatli qog'ozlar birlamchi chiqarilganidagina sodir bo'ladi. Nominal narxda sotilmagan qog'ozlar IPO birjasida joylashtiriladi va u yerda sotuvchilar va xaridorlar ta'siri ostida shakllanadigan bozor narxida sotiladi.

Nima uchun likvidlik muhim sanaladi?

Likvidlik investitsiyalarning ishonchliligini belgilaydi. Qimmatli qog'ozlarning yuqori likvidligi fond bozorida tajribaga ega bo'lmagan boshlang'ich investorlar uchun belgi bo’lib xizmat qiladi. Qimmatli qog'ozlarning likvidligi – bu qimmatli qog'ozlarni bozorga yaqin narxda tezda sotish imkoniyati sanaladi.

Qaysi aksiyalar eng likvid sanaladi?

Savdo hajmi ko'p jihatdan ma'lum bir kompaniyaning qog'ozlariga bo'lgan talabga bog'liq. Yuqori talab odatda bozorga yaxshi ma'lum bo'lgan, barqaror va moliyaviy jihatdan turg’un, doimiy ravishda dividendlar to'laydigan, istiqbolli, uzluksiz rivojlanayotgan kompaniyalar aksiyalarida kuzatiladi. 

Spred nima?

Spred – bu aksiya likvidligining aniq ko'rsatkichidir. Spred – bu xaridor va sotuvchining eng sara narxlari, ya'ni minimal sotish narxi (ask) va maksimal sotib olish narxi (bid) o'rtasidagi farqdir. Bozorda bitimlar qanchalik ko'p va spred hajmi qanchalik kichik bo'lsa, qimmatli qog'ozning likvidligi shunchalik yuqori bo'ladi.

Aksiyalarning likvidligini qanday baholash mumkin?

Aksiyalarning likvidligi savdo hajmi (amalga oshirilgan bitimlar soni) va spred hajmi bo'yicha baholanadi. Aksiyalarning likvidligini aniqlash uchun savdo jadvallarini tahlil qilish lozim. Agar kompaniyaning aksiyalari bo’yicha ko'plab bitimlar amalga oshirilsa, ularning narxi tez-tez o'zgarib turadi va jadvalda ko'plab cho'qqilar aks etadi. Agar jadvalda ko'plab uzun gorizontal hududlar mavjud bo'lsa, unda, ehtimol, bunday qimmatli qog'ozlar bo’yicha bitimlar kamdan-kam amalga oshiriladi, bunday aksiyalar past likvidlikka ega.

Aksiylar likvidligi nima degani?

Likvidlik fond birjasida sotiladigan qimmatli qog'ozlarga ham xosdir.

Bu aktivlarning eng muhim xususiyatlaridan biri bo'lib, investitsiyalarni qimmatli qog'ozlarga o’tkazish muvaffaqiyati ko'p jihatdan unga bog'liq. Yuqori likvidlik har qanday aksiyalar paketini investor uchun jozibador narxda darhol sotib olish yoki sotish imkonini beradi. Agar aksiyalar yuqori likvidli bo'lsa, investor qog'ozlarni sezilarli chegirma bilan sotishiga yoki sotib olayotganida ular uchun sezilarli darajada ortiqcha pul to'lashiga to’g’ri kelmaydi.

Likvidlik nima?

Likvidlik – bu aktivni pulga o'tkazish tezligi. Oddiy so'zlar bilan aytganda, likvidlik "Men u yoki bu aktivni qanchalik tez sotishim mumkin?” savoliga javob beradi.


Aktivlarning likvidligining bir necha darajalari mavjud – yuqori likvidli, past likvidli va likvidsiz aktivlar. Faqat naqd pul vositalari mutlaqo likvid sanaladi. Ko'chmas mulkni past likvidli deb tasniflash mumkin, chunki u yoki bu ko'chmas mulkni bozor narxida sotish tez yakunlanuvchi jarayon emas va ko'p vaqt talab etadi. Muddati o'tgan qarzlar va boshqalar nolikvid aktivlarga misol bo'lishi mumkin.

Aksiyadorlar reestri nima?

Kompaniya aksiyadorlari reyestri – bu ma'lum bir sanada ro'yxatdan o'tgan aksiya egalarining jadvali, u egalik qiladigan aksiyalarning nomi, miqdori, nominal qiymati va turi, shuningdek, reestrda ro'yxatdan o'tgan shaxslarga ma'lumot yuborish imkonini beradigan axborotni o’zida saqlaydi.

Dividendlarni qanday olish mumkin?

Aksariyat aksiyadorlik jamiyatlari mijoz brokerlik hisobvarag'ini ochishda ko'rsatgan elektron pochta orqali dividendlarni to'lash to'g'risida xabarnoma yuboradi yoki o'zining aloqa kanallari orqali tegishli press-relizni e'lon qiladi.

Aksiya egalari dividend olish uchun so’rovnoma yuborishlari kerak. Dividendlarni bank kartasi yoki brokerlik hisobi orqali qo’lga kiritish mumkin.

Dividendlar nima?

Dividendlar – bu kompaniyaning barcha soliqlarni to'laganidan keyingi foydasining aksiyadorlar o'rtasida taqsimlangan qismi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan dividendlar pul mablag'lari yoki kompaniyaning qimmatli qog'ozlari bilan to'lanishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyati reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo’yicha dividend olish huquqiga ega. Mazkur jamiyat aksiyadorlarga dividendlar to 'lash bo’yicha umumiy aksiyadorlar yig 'ilishini o' tkazish uchun tuziladi.

Dividendlarni to'lashda birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlarni, so'ngra oddiy aksiyalar bo'yicha dividendlarni to'laydi. Agar imtiyozli aksiyalar bo'yicha belgilangan dividendlarni to'lash uchun daromad yetarli bo'lsa, kompaniya bunday aksiyalar egalariga dividendlarni to'lashdan bosh tortishga haqli emas.

Oddiy va imtiyozli aksiyalar o'rtasidagi farq nimada?

Oddiy aksiyalar ovoz berish huquqiga ega. Ya'ni, oddiy aksiyalarga ega bo'lgan har qanday aksiyador kompaniya aksiyadorlarining umumiy yig'ilishida ishtirok etishi va o’rtaga tashlangan masalalar bo'yicha ovoz berishi mumkin. Oddiy aksiyalar uchun Siz kompaniyaning sof foydasidan dividendlar olishingiz mumkin, agar kompaniya ma'muriyati shunday qaror qabul qilgan bo'lsa.


Masalan: agar kompaniyaning sof foydasi 100 million so'm bo'lsa va aksiyadorlarga 60 million so'm ajratish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa, unda bu 60 million so'm oddiy aksiyalarning barcha egalari o'rtasida teng taqsimlanadi.


Imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalardan farq qiladi, chunki u egasiga aksiyadorlar yig'ilishida ishtirok etish orqali aksiyadorlik jamiyatini boshqarish huquqini bermaydi. Ushbu huquqdan voz kechganligi uchun imtiyozli aksiyalar o’z egalariga kompaniya foydasidan qat'iy nazar, aksiyalarning nominal qiymatidan belgilangan dividend olish huquqini beradi.


Masalan: agar imtiyozli aksiyaning nominal narxi 10000 so'mni, dividend miqdori esa 20 foizni tashkil etsa, bunday aksiya egalari kompaniya foyda ko'radimi yoki yo'qmi, yillik daromadi 2000 so'mni tashkil qiladi.


Bundan tashqari, imtiyozli aksiyalar kompaniya tugatilgan taqdirda oddiy aksiya egalari o'rtasida bo'linmasdan oldin mulkining ma'lum bir qismini qo’lga kiritish huquqini beradi.


Shuni ham ta'kidlash kerakki, oddiy aksiyalar imtiyozli aksiyalarga qaraganda odatda ko'proq likvid sanaladi.



Aksiya nima va aksiyalar qanday ko’rinishda bo’ladi?

Aksiya – bu kompaniyaning ulushi sanaladi, ya'ni aksiyalar egalari kompaniyaning sheriklariga aylanadi. Ular dividendlarga da’vogarlik qilishlari (agar kompaniya ularni to'layotgan bo’lsa) va aksiyadorlar yig'ilishida taklif qilingan masalalar bo'yicha ovoz berish orqali kompaniyani boshqarishda ishtirok etishlari mumkin. Aksiyalarning ikki turi mavjud: oddiy va imtiyozli. O'z aksiyalarini chiqargan kompaniyalar aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) deb ham ataladi.

O'zbekistonda xususiy investorlar uchun qanday qimmatli qog'ozlar mavjud?

"Toshkent" RFBda xususiy investorlar o'zbek kompaniyalari tomonidan chiqarilgan aksiyalar va obligatsiyalarni xarid qilishlari mumkin.

Qimmatli qog'ozlar nima?

Qimmatli qog'ozlar – egasiga mulkiy yoki moliyaviy huquqlarni beruvchi hujjatlar. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi munosabati bilan bugungi kunda aksariyat qimmatli qog'ozlar hujjatsiz (raqamli) shaklda mavjud.


Qimmatli qog'ozlar o'z egalariga kompaniya daromadining bir qismini olish va uning faoliyatida ishtirok etish yoki qimmatli qog'ozlarning turiga ko'ra foizlar bilan qarzni qaytarib olish huquqini beradi.

03 Qimmatli qog'ozlarga investitsiya kiritish to’g’risidagi savollarga javoblar +
Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritishda xavf bormi?

Ha, qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritishda eng katta xavf bu Sizning barcha investitsiyalaringizni yo'qotishdir.

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish daromad olishning kafolati emas.

Qimmatli qog'ozlar investitsiya portfeli nima degani?

Investitsiya portfeli – bu daromad olish uchun investor tomonidan sotib olingan barcha qimmatli qog'ozlar to'plami.

Faoliyatini endi boshlayotgan investorlar uchun qanday maslahatlar mavjud?

To'rt asosiy tavsiya: 

  • Oldindan yo’qotishga rozi bo'lgan summadan investitsiya kiritishni boshlagan ma’qul yaxshidir. Bu salbiy fikrlash emas, balki haqiqat — kamdan-kam odam birinchi urinishda qimmatli qog'ozlar savdosida boyitishga muvaffaq bo’ladi. Bozorni o'rganish, bilim to'plash va tajriba orttirish bilan investitsiyalarni asta-sekin ko’paytirish mumkin. Hech qanday holatda so’nggi pulingiz yoki bank kreditiga investitsiya kiritmang.

  • Portfelni diversifikatsiya qilish uchun to'plang – ya'ni faqat bitta kompaniyaga pul tikish emas, balki turli xil qimmatli qog'ozlar to'plamini yig’ish lozim. Agar ushbu hujjatlar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va kompaniyalarga tegishli bo'lsa, undan ham a’lo. Diversifikatsiyaning asosiy maqsadi xavflarni kamaytirishdir: Sizning portfelingizdagi ba'zi qog'ozlar arzonlashsa ham, bu uning boshqa tarkibiy qismlarining o'sishi bilan qoplanishi mumkin.

  • Tahlilchilarning materiallarini o'rganish – broker va tahlil kompaniyalarining savdo g'oyalari sotib olish uchun aktivlarni tanlashda yordam berishi mumkin. Odatda, bunday g'oyalar maqsadli narxni tavsiflaydi — tahlilchilar ma'lum bir qimmatli qog’ozni sotib olish yoki sotishni maslahat berishadi.

  • Tayyor portfelni sotib oling – o'zingizning investitsiya portfelingizni shakllantirishda Siz moliya bozoridagi tajribali ishtirokchilarining tayyor takliflariga e'tibor qaratishingiz mumkin.

Texnik tahlil nima?

Texnik tahlil – bu jadvallarda aks ettirilgan aksiyalar narxlarining o'zgarishini o'rganishdir. Harakatlanayotib, narxlar grafikalarda ma'lum raqamlar yoki modellarni hosil qiladi. Va odamlar uchun odatlarni takrorlash ko’p kuzatilganligi singari, narx modellari ham qayta-qayta takrorlanishga moyil bo’ladi. Texnik tahlilchilar ushbu modellardan biri shakllana boshlaganini payqaganda, ular keyingi narx harakati qanday bo'lishi mumkinligini hisoblash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Fundamental tahlil nima degani?

Fundamental tahlil davomida investor kompaniyaning moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini, shuningdek, iqtisodiy va bozor omillarini o'rganadi va aksiyaning adolatli qiymatini topishga harakat qiladi. Agar adolatli qiymat joriy bozor narxidan yuqori bo'lsa, qog'ozlarni sotib olish foydali bo’lishi mumkin, chunki ularga hali yetarlicha baho berilmagan.

Qimmatli qog'ozlarni tahlil qilishning qanday usullari mavjud?

Qimmatli qog'ozlarni tahlil qilishning ikkita asosiy usuli mavjud:

  • fundamental tahlil

  • texnik tahlil

Qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotish vaqti kelganini qanday tushunish mumkin?

Afsuski, universal qoidalar mavjud emas. Hech kim aksiyalarni yoki boshqa turdagi qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotish uchun eng munosib vaqtni aniq bashorat qila olmaydi. Har bir investor bu masalani mustaqil ravishda hal qilishi kerak.

Investorlar obligatsiyalardan qanday qilib pul ishlashlari mumkin?

Investor obligatsiyalarni sotib oladi va shu bilan o'z pullarini ushbu kompaniya yoki davlatga qarz sifatida beradi, shu orqali belgilangan muddatda ma'lum daromad oladi.

Qanday qilib investorlar aksiyalardan pul ishlashlari mumkin?

Qimmatli qog'ozlar investitsiyasi orqali daromad olishning uch varianti mavjud:

  • Aksiya qiymatining oshishi hisobiga. Siz aksiyalarni sotib olasiz va kelajakda ularning narxi ko'tarilishini kutasiz. Ularni sotganingizda, Siz daromad – aksiya sotib olingan narx va sotilgan narx o'rtasidagi farqni qo’lga kiritasiz. 

  • Oddiy aksiyalar bo'yicha dividendlar orqali. Agar yil oxirida kompaniya foyda ko'rgan bo'lsa va umumiy yig'ilish uni aksiyadorlarga tarqatishga qaror qilgan bo'lsa, unda siz har bir aksiyangiz uchun dividend olasiz.

  • Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar orqali. Imtiyozli aksiyalar egalari tomonidan olinadigan oldindan belgilanuvchi dividend miqdoriga ega.

04 Brokerlik hisobraqami to’g’risidagi savollarga javoblar +
Brokerning ishonchli ekanligini qanday tekshirish mumkin?

Brokerlik kompaniyasi "investitsiya vositachisi" litsenziyasiga ega bo'lishi kerak. Litsenziyaning mavjudligini brokerning veb-saytida yoki unga murojaat qilish orqali tekshirishingiz mumkin.

Shuningdek, siz Moliya vazirligiga qo'ng'iroq qilib, litsenziyaning mavjudligini tekshirishingiz yoki "Toshkent" RF birjasi veb-saytida birja a'zolari bo'limida tekshirishingiz mumkin: uzse.uz/exchange/members/

Nima uchun Markaziy depozitariy (MD) kerak?

Markaziy bank investorlarga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarga egalik huquqi hisobini yuritadi, shuningdek, bitimlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Markaziy bank boshqa depozitariylarga, xususan brokerlarga hisob raqamlarini ochadi.

Mening qimmatli qog'ozlarim qayerda saqlanadi?

"Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi" davlat korxonasida 

Depozit hisobi nima uchun kerak?

Brokerlik hisobi bilan birgalikda avtomatik ravishda depozit hisobi yoki oddiy tilda depo hisobi yaratiladi. Agar u orqali pul o'tkazish uchun brokerlik hisobi kerak bo'lsa, u holda allaqachon sotib olingan qimmatli qog'ozlar depozit hisobida saqlanadi. Qimmatli qog’ozlar ushbu hisob raqamiga tushganda, depozitariy yangi egasini ro'yxatdan o'tkazadi.

Nima uchun brokerlik hisobraqami kerak?

Brokerlik hisobraqami – bu birjada qimmatli qog'ozlar savdosi uchun mo’ljallangan maxsus hisobraqam sanaladi. U broker — qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochiladi.

Brokerlik hisobi yordamida Siz nafaqat aksiyalar va obligatsiyalarni sotib olasiz va sotasiz, balki hisobingizni to'ldirish va mablag’larni yechib olish jarayonlari uchun ham foydalanasiz.

Brokerlik hisobining ochilishi bilan mijozda depozit hisobi avtomatik tarzda ochiladi.

Broker nima uchun kerak?

Broker investorlar va birja o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi.

Broker – bu fond bozorida ishlash uchun litsenziyaga va investor uchun qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilish huquqiga ega bo'lgan kompaniya sanaladi. Vositachilik xizmatlari uchun broker komissiya puli oladi, uni brokerlik xizmatini ochish uchun shartnoma tuzishda aniqlash mumkin.

05 Qo'shimcha savollar +
Qaysi brokerlarning mijozlari “Jett” orqali savdo qilishlari mumkin?

Hozirgi vaqtda Jett servisidan servis bilan rasmiy kelishuvga ega quyidagi hamkor brokerlar mijozlari foydalanishlari mumkin: Silk Capital, Freedom Broker, Leader Finance Capital Portfolio Investment, HB Capital, Finance Invest Brok.

Agar Sizda ro'yxatdagi har qanday brokerda hisobingiz bo'lsa, Siz yangi hisob ochmasdan tizimga kirishingiz va qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishingiz mumkin. 


Qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilish halolmi?
Bugungi kunda O’zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari orasida o’z qimmatli qog’ozlari bo’yicha halollik sertifikatini qo’lga kiritish faoliyati unchalik rivojlanmagan. Shunga qaramay, ba’zi kompaniyalar o’z faoliyati va moliyaviy ko’rsatkichlarining xalqaro tasniflar bo’yicha halolligini ko’rsatuvchi maxsus tahlillarni o’tkazishadi. Dolzarb axborotga ega bo’lish uchun emitentlarning yangiliklaridan xabardor bo’lib borish lozim.
Qimmatli qog'ozlar egalari qanday soliqlarni to'laydi?

Birjada bitimlar tuzishda sotuvchi bitim summasining 0,01% miqdorida soliq to'laydi. Bunda sotuvchining yakullangan bitim bo’yicha daromadiga jismoniy shaxslarning daromad solig’i solinmaydi. Jismoniy shaxslarning aksiyalari bo'yicha dividendlar shaklida hisoblangan daromadlar ham daromad solig’idan ozod qilinadi.


Buning sababi, O'zbekistonda investorlarni fond bozoriga jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

06 Jett servisi to’grisida tushunchalar +
“Finance Invest Brok” – u qanday kompaniya?

“Finance Invest Brok” – brokerlik, aktivlarni ishonchli boshqarish va investitsiya banklarini qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatuvchi investitsiya konsalting kompaniyasi sanaladi. “Finance Invest Brok” O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziyalarga ega. 

Kompaniya veb-sayti: finbrok.uz

“Jett” – bu brokermi?

Yo'q, “Jett” qimmatli qog'ozlar savdosi uchun mobil dastur sanaladi. “Jett” mijozlari “Jett” ilovasi orqali litsenziyalangan broker bilan brokerlik hisobini ochishi mumkin.

“Jett” nima?

Bu O'zbekiston kompaniyalarining aksiyalari yoki obligatsiyalarini sotib olish va sotish imkonini beruvchi mobil investitsiya xizmati.

Jett servisida tariflar qanaqa?

Jett servisida belgilangan barcha tariflar bilan www.jett.uz saytiga o’tib tanishib olishingiz mumkin. Tariflar bosh sahifaning quyi qismida keltirilgan.

“Jett” yordamida kim brokerlik hisobraqamini ochishi mumkin?

Jett servisi orqali Brokerlik hisobraqamini 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari hamda O‘zbekistonda yashovchi nerezidentlar onlayn ochishlari mumkin. Chet el fuqarolari uchun hisobraqam brokerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri @alkesresearch telegram manziliga murojaat qilish orqali ochiladi.

“Jett” orqali brokerlik hisobraqamini qanday ochish kerak?

1.    Multicard ilovasini Play Market yoki App Store dan yuklab oling;

2.    Ilovada avtorizatsiyadan o‘tib, bosh sahifada "Investitsiyalar" bo‘limida "Boshlash" tugmasini bosing;

3.    “Hisob raqam ochish” tugmasini bosing va onlayn identifikatsiyadan o‘ting;

4.    Investitsiya vositachisining xizmat ko‘rsatish shartnomasi va Jett servisidan foydalanish shartlari bilan tarnishing va roziligingizni tasdiqlang. Arizani yuboring.

Batafsil yo’riqnomaga havola: https://telegra.ph/Kak-otryt-schyot-12-18

“Jett”da brokerlik hisobraqami qancha vaqt ichida ochiladi?

“Jett”da Brokerlik hisobraqami "Toshkent" Respublika fond birajasining ish vaqtida (ish kunlari soat 9:30 dan 16:00 gacha) ariza berilganidan so‘ng 15 daqiqa ichida onlayn tarzda ochiladi.


Agar siz hisobraqam ochish uchun arizani birja ish vaqtidan keyin yuborgan bo’lsangiz hisobraqamingiz keying birja ish boshlanganda 15 daqiqa ichida ochiladi.

“Jett” orqali yangi hisob ochganda, qaysi brokerda hisobraqam ochiladi?

“Alkes Research” litsenziyalangan brokerida.

“Jett”da hisobraqam ochish uchun to'lov va depozit miqdori qanaqa?

“Jett” servisi orqali brokerlik hisobraqamini onlayn ochish xizmati 5 000 so‘m deb belgilangan.


“Jett”da savdolarni boshlash uchun depozit yo‘q. Hisobraqamingizni 10 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda to‘ldirib savdoga kirishishingiz mumkin.

“Jett” orqali brokerlik hisobraqamini mablag’ bilan qanday to'ldiriladi?

1.    “Investitsiyalar” bo‘limining bosh sahifasida “To‘ldirish” tugmasini bosib, ochilgan sahifada mablag‘ summasini kiriting;

2.    Ilovaga qo‘shilgan kartani tanlang. Agar kartangiz ilovaga bog‘lanmagan bo‘lsa, “Karta qo‘shing;

3.    “Keyingisi” tugmasini bosing va batafsil ma’lumot bilan tanishgan holda “To‘ldirish” tugmasini bosing.

Batafsil yo’riqnomaga havola: https://telegra.ph/Brokerlik-hisobraqami-toldirish-va-undan-mablaglarni-chiqarish-12-18

Hisobraqamiga pul qancha vaqtda tushadi?

Brokerlik hisobraqamini to‘ldirish "Toshkent" fond birjasining ish vaqtida (ish kunlari soat 9:30 dan 16:00 gacha) to‘lovdan so‘ng 30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

“Jett” servisi orqali aksiyalarni sotib olish uchun nima qilish kerak?

1.    "Investitsiyalar" bo‘limidagi "Bozor" sahifasiga o'ting va shu yerda siz o‘z qimmatli qog‘ozlarnni sotadigan barcha kompaniyalar ro‘yxatini ko‘rasiz.

2.    Ro‘yxatdagi kompaniyani tanlab, "Xarid bo‘yicha buyurtma" tugmasini bosing. Shunda siz aksiyalarni bozor narxida bir zumda sotib olishingiz (market-order) yoki o‘zingizning narxingiz bilan kutilayotgan buyurtma (limit-order) yaratishingiz mumkin.

Batafsil yo’riqnomaga havola: https://telegra.ph/Qimmatli-qogozlarni-sotib-olish-va-sotish-12-18

Video yo’riqnomaga havola: https://youtu.be/ho5D2h6Q1hY

“Jett” servisi orqali aksiyalarni sotish uchun nima qilish kerak?

  1. Sotish uchun Investitsiya servisida bosh sahifasidan “Portfel” tugmasini bosib, "Aktivlar" sahifasiga o‘ting. Bu yerda siz joriy aktivlaringizni taqsimotini grafikini va qimmatli qog‘ozlaringiz ro‘yxatini ko‘rasiz.

  2. Ro‘yxatdan kerakli kompaniyani tanlang va "Sotish" tugmasini bosing hamda sotmoqchi bo‘lgan aksiyalar sonini kiriting.

  3. "Davom etish" tugmasini bosing va savdo to‘g‘risida batafsil ma'lumot paydo bo‘ladi, unda siz tranzaksiyaning umumiy miqdori, komissiya foizi va savdodan oladigan mablag‘ning umumiy miqdorni ko‘rasiz.


Shu ammallardan so’ng siz "Bitimlar" sahifasiga o‘tib, sotish bo’yicha buyurtmanomangiz holatini ko‘rishingiz mumkin.

“Jett” servisi orqali brokerlik hisobraqamdan mablag‘larini qanday chiqarib olinadi?

1.    “Investitsiyalar” bo‘limining bosh sahifasidagi hisobraqam balansingizni bosing va “Chiqarish” bandini tanlang;

2.    Chiqarish lozim bo‘lgan summani ko‘rsating va mablag‘ chiqariladigan kartani tanlang va mablag‘ingizni chiqarishga ariza yuboring.

Brokerlik hisobraqamidan sizning mablag’ingiz chiqarish bo‘yicha ariza berilgandan so‘ng 1 birja ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Barafsil yo‘riqnomaga havola: https://telegra.ph/Brokerlik-hisobraqami-toldirish-va-undan-mablaglarni-chiqarish-12-18

“Jett”da brokerlik hisobraqami qanday yopiladi?

Brokerlik hisobraqami brokerga yozma ravishda ariza taqdim etish orqali yopiladi.